Xpressuzofficial's Instagram Audience Analytics and Demographics

@xpressuzofficial

Uzbekistan

Tezkor xabarlar - siz kutgan formatda
Uzbekistan

Business Category

Publishers

Get Our Influencer Rate Card Today!

A brand new way for you to compare the rates of influencers across the world.

Learn More

PROFILE OVERVIEW OF XPRESSUZOFFICIAL

Average engagement rate on the posts is around 0%. The average number of likes per post is 157 and the average number of comments is 3.

Check xpressuzofficial's audience demography. This analytics report shows xpressuzofficial's audience demographic percentage for key statistic like number of followers, average engagement rate, topic of interests, top-5 countries, core gender and so forth.

Followers
194,976
Avg Likes
157
Avg Comments
3
Posts
4,084

GENDER OF ENGAGERS FOR XPRESSUZOFFICIAL

Female
0 %
Male
0 %

MENTIONED HASHTAGS OF XPRESSUZOFFICIAL

RECENT POSTS

63 0

Hafta suratlarda: Sohil bo‘ylab ot solgan poygachilar, dunyo liderlari niqobidagi namoyishchilar ▪️Reuters jamlanmasida Glazgodagi iqlim konferensiyasida o‘yga tolgan Bayden, yomg‘ir suvida cho‘milayotgan migrant bolakay, maktabni dezinfeksiya qilayotgan dronni ko‘rish mumkin.

136 3

Koronavirusga qarshi dorilar narxi $700 artofida bo‘lishi mumkin ▪️AQSHning Pfizer kompaniyasi ishlab chiqqan paxlovid dorisi 89 foiz samaradorlik ko‘rsatdi. Dorini virus alomatlari sezilishi bilan iste'mol qilish kerak. Kompaniya dori narxini $700 atrofida bo‘lishini ma'lum qilgan. AQSHning yana bir dori kompaniyasi “Merck & Co” taklif qilayotgan molnupiravir dorisining bir martalik muolajasiga ham shuncha narx qo‘yilgan. Britaniya paxloviddan 250 ming molnupiravirdan 480 ming doza buyurtma bergan.

52 0

“Tez yordam”ga nafas olish bilan bog‘liq murojaatlar soni oshgan ▪️5-noyabrdan bugun soat 06.00gacha Toshkent shahar "Tez yordam"ga 4110ta chaqiriq kelib tushgan. Bu murojaatlarning 709tasi nafas olish bilan bog‘liq bo‘lib, shundan 36tasi allergik reaksiya, 122tasi bronxial astma xuruji bilan og‘riganlar. — SSV

286 26

"2025-yilga borib oliy toifali o‘qituvchilar maoshi $1000ga yetkaziladi" — Shavkat Mirziyoyev "Qanchalik qiyin bo‘lmasin, o‘qituvchilar mehnatini munosib rag‘batlantirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. 2025-yilga borib, oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida $1000ga yetkazish choralari ko‘riladi", — degan prezident bugungi inauguratsiya marosimidan keyingi nutqida.

150 3

O‘zbekistonga 9 oyda 1,2 mlnga yaqin xorijlik turist keldi ▪️Ularga $273 mlnlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Gʻarbiy Yevropa, Amerika va MDH davlatlaridan kutilganidan ko‘ra ko‘proq turistlar kelgan. Yil oxirigacha yana yarim million turist kelishi prognoz qilinyapti.

145 3

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya islohotini anons qildi ▪️O‘zbekiston konstitutsiyasini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugungi prezidentlik lavozimiga kirishish marosimida e'lon qildi. “Agar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz. Shu sababli avvalo senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”, – dedi prezident.

198 1

Shavkat Mirziyoyev 2-prezidentlik muddatiga rasman kirishdi ▪️Ayni paytda Senatning yangi binosida Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tyapti. "O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman", deya qasamyod qildi prezident Konstitutsiyaga binoan.

47 1

O‘zbekistonda kuzatilayotgan chang-g‘uborning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri e’lon qilindi ▪️Xiralik Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, Tojikistonning qo‘shni So‘g‘d, Toshkent, Sirdaryo, qisman Jizzax va Farg‘ona vodiy viloyatlari atmosferasini bulut kabi qoplab olganini ko‘rish mumkin. Surxondaryo viloyati osmonida ham xiralik bor, deb yozdi iqlimshunos mutaxassis Erkin Abdulahatov.

236 6

O‘zbekistonda changli havo yaqin kunlarda saqlanib qoladi, 12-noyabrgacha yomg'ir yog'maydi ▪️O‘zbekiston tarixida ilk bor kuzatilayotgan changli ob-havo qachon tugashi haqida aniq prognoz yo‘q. O‘zgidromet 12-noyabrgacha yog'ingarchilik kutilmayotganini bildirdi. O‘zbekistonda ko‘tarilgan chang Qozog‘istonning Chimkent va Tojikistonning Xo‘jand viloyatlarida ham kuzatilgan.

247 1

Qish yaqin: Shimoliy Koreyaga ochlik xavf solmoqda ▪️Mamlakatda ochlikdan o‘lim har kuni qayd etilyapti. BMTga ko‘ra, Shimoliy Koreya kamida 2-3 oy oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekishi mumkin. Hozir 10 minglab odam, harbiylar hosil yig‘ish uchun guruch dalalariga jo‘natilgan. Mamlakatdagi oziq-ovqat muammosining 1-sababi – texnikalarning asosiy qismi harbiy sohaga qaratilgan. Qishloq xo‘jaligi zamonaviy asboblar bilan ta'minlanmagan. 2-sabab – Shimoliy Koreya global iqlim isishi eng ko‘p ta'sir qiladigan 11ta davlatdan biri. Har yili toshqin, musson yomg‘irlari va tayfun sabab ko‘p hosil nobud bo‘ladi.

227 3

4-noyabr tunda havodagi chang miqdori me'yordan 30 barobargacha oshgan ▪️O‘zgidrometga ko‘ra, bunday hodisa 150 yil ichida ilk marta sodir bo‘ldi. 4-noyabrda Qozog‘istondan O‘zbekistonga esgan kuchli shamol cho‘l landshaftiga ega hududlarda tuproq sirtidagi chang va qum zarralarini havoga ko‘tarib, chang bulutini hosil qilgan. Changning paydo bo'lishiga, qurilishlarda foydalanilayotgan sochiluvchan mahsulotlar ham sabab bo‘lgan, deya ma'lum qilgan O‘zgidromet Gazeta.uz'ga. Hozir poytaxtdagi chang miqdori me'yordagidan 10 barobar yuqoriligicha qolmoqda.

112 0

Dam olish kunlari sovuq havo chekinadi — O‘zgidromet ▪️Dam olish kunlari sovuq harorat chekinadi. Shanba kuni kunduzi 11 darajagacha, yakshanba kuni esa 14 darajagacha iliq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmayapti.

* Copyright: Content creators are the default copyright owners. These Images are published on public domains and respective social media for public viewing.

PEOPLE ALSO VIEWED

180.7K
-
0.59 %
Uzbekistan News
24.2K
-
2.46 %
Uzbekistan Arts and Crafts, Health and Medical Services, Modeling
178.8K
-
0.36 %
Uzbekistan Celebrity, Art
37.8K
-
4.28 %
Uzbekistan Romance and Wedding, Home and Garden
21.5K
-
4.57 %
Uzbekistan Arts and Crafts
36.9K
-
0.05 %
Uzbekistan Beauty and Self Care, Health and Medical Services, Modeling
51K
-
0.28 %
Uzbekistan Auto and Vehicles, Automotive
125.9K
-
0.03 %
Uzbekistan Fashion and Accessories, Lifestyle, Styling
574.5K
-
0.02 %
Uzbekistan Fashion and Accessories
38.2K
-
0.82 %
Uzbekistan Pets
55K
-
1.02 %
Uzbekistan Fashion and Accessories
283.2K
-
0.22 %
Uzbekistan Fashion, Gym, Modeling
51K
-
1.31 %
Uzbekistan Fashion and Accessories, Modeling
19.3K
-
0.27 %
Uzbekistan Fitness
48.8K
-
2.79 %
Uzbekistan Education, Fitness and Health