
Osiyo Kubogi U-17. Final
O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni 2:0
20 aprel. Toif. «Qirol Fahd» stadioni
Gollar: Muhammad Hakimov (50, penalti), Sadriddin Hasanov (71).
O‘zbekiston — Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Miraziz Abdukarimov, Sadriddin Hasanov (Jamshid Rustamov, 79), Muhammad Habibullayev(Amirxon Murodov, 90+3), Sayfiddin Sodiqov (Behruz Saidmurodov, 46), Muhammadali Musoxonov, Abubakr Shukurullayev (Asilbek Aliyev, 46), Azizbek Erimbetov (Azizbek Abdumo‘minov, 75), Nurbek Sarsenbayev.
Chetlatishlar: Nurbek Sarsenbayev (40), Miraziz Abdukarimov (45).
20 aprel kun Saudiya Arabistonining Toif shahridagi «Qirol Fahd» stadionida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mezbonlarga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston vakillari qahramonlik ko‘rsatib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘limdayoq O‘zbekiston 9 kishi bo‘lib qoldi: o‘yinning 40-daqiqasida Nurbek Sarsenbayev, 45-daqiqada Miraziz Abdukarimov qatarlik hakam tomonidan maydondan chetlatildi.
Bu zarbalardan o‘zbekistonliklar ruhiyatini cho‘ktirmadi va ikkinchi bo‘limni hujumkorlik bilan boshladi. 50-daqiqada Muhammad Hakimov penaltidan hisobni ochdi.
70-daqiqada esa darvozabon Ne’matulloh Rustamjonov ketma-ket seyvlardan so‘ng tezkor qarshi hujumni boshladi, qanotdan oldinga tashlangan Sadriddin Hasanov raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va to‘pni uning oyoqlari orasidan o‘tkazib, ikkinchi golni urdi.
O‘yinning qolgan qismida ham O‘zbekiston vakillari 9 kishi holatida g‘alabani saqlab qolib, Osiyo chempioniga aylandi.
Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa turnirni o‘ta kuchli o‘tkazdi: guruh bosqichida dastlab Tailandni 4:1 hisobida mag‘lub etgan, ikkinchi turda Xitoy ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishib, guruh bosqichi va jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilgandi. Uchinchi turda mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan o‘yinda ham 3:0 hisobida g‘alaba qayd etilgandi.
16,300506